A
x A A A

Kompensatsiya to’lovlarini olish huquqi

"Transport vositalari egalarining fuqurolik jovobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 25 moddasiga asosan,  jabrlanuvchining hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash hisobiga kompensatsiya to’lovi majburiy sug’urta shartnomasi bo’yicha sug’urta to’lovi quyidagilar oqibatida to’lanishi mumkin bo’lmagan hollarda amalga oshiriladi:

  • sug’urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-taomili qo’llanilganligi;

  • jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsning noma’lumligi;

  • transport vositasi uni g’ayriqonuniy yo’l bilan egallab olgan shaxs tomonidan foydalanilganligi natijasida zarar yetkazilganligi;

  • foydalanilayotganda zarar yetkazgan transport vositasining egasi o’z fuqarolik javobgarligini sug’urta qilish bo’yicha majburiyatini bajarmaganligi.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslar, shuningdek O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan yoki joriy kalendar yilda yakunlanayotgan har qanday ketma-ketlikdagi o’n ikki oylik davr ichida jami bir yuz sakson uch kun va undan ortiq muddat O’zbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar kompensatsiya to’lovlarini olish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha turgan chet davlatlar fuqarolari kompensatsiya to’lovlarini olish huquqiga, agar shu chet davlatlarning qonun hujjatlariga muvofiq shunday huquq O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga berilgan bo’lsa, egadir.

Kompensatsiya to’lovlarini amalga oshirish to’g’risidagi talab jabrlanuvchining hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan kundan e’tiboran uch yil ichida bildirilishi mumkin.

Jamg`arma direktori virtual qabulxonasi

Jamg`arma direktori virtual qabulxonasi

Yo‘l transport hodisasini va sug‘urta tovonini olish uchun tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga vaqtim yo‘q, kimga murojaat qilsam bo‘ladi?

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2017 yildan 01.07.2017 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
//