A
x A A A

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bozorining 2016 yilining yanvar - dekabr oylari yakuni ko’rsatkichlari

(operativ ma’lumotlarga asosan)
 
2008 yil 22 oktyabrda kuchga kirgan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha hozirda «O‘zagrosugurta» AJ, «Kafolat sug’urta kompaniyasi» AJ, «O‘zbekinvest» EIMSK, MChJ «Alfa Invest» ST, AJ «Kapital Sug'urta», MChJ «Asia Inshurans» SK, AJ «Alskom» SK, AJ «Universal Sug'urta», MChJ «Ishonch» BSK hamda MChJ «Gross Insurance» kompaniyalari faoliyat olib borishmoqda.
 
Respublikamiz sug‘urta bozorida 01.01.2017 yil holatiga kura sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami mazkur majburiy sug‘urta turi bo‘yicha 2 134 771 dona sug‘urta polisi rasmiylashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan 2016 yilning shu davriga nisbatan 103.3% ni tashkil etadi. Xisoblangan sug‘urta mukofotining xajmi 90,6 mlrd.sum (115,1%) tashkil kildi. Ushbu davr mobaynida qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari hajmi jami 16 578,2 mlrd.so‘mga (117,7%) teng.
 
2016 yilning yanvar - dekabr oylari mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan jami 7 418 dona (112%) umumiy summasi 15 551,6 mln.so‘mga (121,6%) teng sug‘urta da’volari qoniqtirililgan bo‘lib, 234 dona (115,3%) umumiy summasi 716,6 mln.so‘mlik (132,5%) sug‘urta da’volari qoniqtirilmasdan qoldirildi.
 
Hududlar kesimida yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlar va Toshkent viloyati etakchilik qilib kelmoqda. Ushbu hududlar mos ravishda sug‘urta bozorining 27,9%, 10,0%, 9,7% va 9,7% ulushini egallagan. Eng kam ulushlar Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida bo‘lib, mos ravishda 2.1% va 1.6% tashkil qilgan.
 
2016 yilning xuddi shu davr mobaynida sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta mukofoti bo‘yicha 33 926 sug‘urta qildiruvchiga 760,1 mln.so‘mga teng siylovlar berilgan.
 
Ma’lumotlar sug‘urta kompaniyalari hisobotlari asosida tayyorlandi.
 
To‘liq ma’lumot ilova qilingan jadvallarda keltirilgan.
 
10.01.2017

 

Jamg`arma direktori virtual qabulxonasi

Jamg`arma direktori virtual qabulxonasi

Jamg‘arma a'zolari
Sug’urtalovchilar – TVEFJMS tizimi ishtirokchilari

Jamg`arma axborot ma`lumotlar bazasidan olingan ko`rsatkichlar
01.01.2017 yildan 01.07.2017 yilgacha

Sug`urta mukofatlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
Sug`urta to`lovlari bo`yicha sug`urta kompaniyalarining ulushi
//