Jamg'armaning asosiy vazifalari

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urta qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamg'armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

-  transport vositalaridan foydalanishda jabrlanuvchiga unga yetkazilgan zararni kafolatli toʻlashni majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish yoʻli bilan taʼminlash;

 

-  transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq sugʻurta mukofotlari boʻyicha siylov huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalarini koʻrsatib oʻtilgan siylovlarni kompensatsiya qilish yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash tizimini moliyaviy taʼminlash;

 

-  majburiy sugʻurta qilish, shu jumladan, majburiy sugʻurta qilish shartnomalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan, sugʻurta hodisalari haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirish, sugʻurta sirlari toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan talablarni taʼminlagan holda sugʻurtalovchilar bilan Jamgʻarma oʻrtasida koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni ayirboshlashni tashkil etish;

 

-  Jamgʻarmaning unga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ishlab chiqish hamda sugʻurta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishgan holda tasdiqlash.

 

Jamg'arma qo’yilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

 

-  belgilangan tartibda jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari to‘laydi, shuningdek regress talablarni amalga oshiradi;

- sug‘urtalovchilar tomonidan qonunchilikka muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan siylovlarni olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar toifalariga berilgan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlarni kompensatsiya qiladi;

-  majburiy sugʻurta qilish bilan bogʻliq masalalar va nizolar yuzasidan huquqiy maslahat xizmatini, yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisidagi xabarnoma bilan bogʻliq adjasterlik va baholash xizmatini buyurtma asosida toʻlov evaziga koʻrsatadi.

-  Jamgʻarmaning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborotlarni maxsus vakolatli davlat organi bilan doimiy ravishda ayirboshlaydi;

-  transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflarni ishlab chiqadi va maxsus vakolatli davlat organiga koʻrib chiqishi uchun kiritadi;

-  majburiy sugʻurta qilish sohasida xalqaro aloqalarni amalga oshiradi, xorijiy tajribani oʻrganadi va undan foydalanadi.

Jamgʻarma oʻz vazifalari va qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.