Kompensatsiya to‘lovlari summalarini undirish

“Transport vositalari egalarining fuqurolik jovobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (keyingi o‘rinlarda “Qonun” deb yuritiladi) 28-moddasiga asosan, jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) to‘langan kompensatsiya to‘lovi summasi jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxsdan To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasining da’vosiga ko‘ra regress tartibida undirib olinadi. To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi mazkur shaxsdan kompensatsiya to‘lovi haqidagi jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) talabini ko‘rib chiqish uchun qilingan xarajatlar qoplanishini talab qilishga ham haqli.

 

Jabrlanuvchining (uning merosxo‘ri yoki huquqiy vorisining) sug‘urtalovchiga nisbatan majburiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta to‘lovini talab qilish huquqi jabrlanuvchiga (uning merosxo‘riga yoki huquqiy vorisiga) Qonunning 25-moddasi birinchi qismining ikkinchi xatboshisiga muvofiq to‘langan kompensatsiya to‘lovi summasi doirasida To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga o‘tadi.

Jamg'arma a'zolari

Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image
Image