O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 609-sonli qarori bilan yoʼl-transport hodisalari boʼyicha haydovchilar YHXB xodimlari ishtirokisiz hodisa toʼgʼrisidagi xabarnomani tuzish orqali sugʼurta tovonini olish tartibi joriy etilgan. Shunga muvofiq, 2021 yil 1 noyabrgacha sugʼurta tashkilotlarining veb-saytlarida xabarnoma blankasi namunasi joylashtiriladi va uni yuklab olish imkoni yaratiladi. Xabarnoma ikki nusxada quyidagi asoslar bir vaqtning oʼzida mavjud boʼlganida tuziladi:
➖ jabrlanuvchiga yengil jarohat yetmaganida yoki mol-mulk shikastlanmaganida;
➖ ishtirokchilardan biri oʼz aybiga iqror boʼlganida;
➖ hodisa piyoda ishtirokisiz sodir etilganida;
➖ hodisa faqat 2 ta transport ishtirokida boʼlganida;
➖ ishtirokchilarning fuqarolik javobgarligi sugʼurta qilingan boʼlsa;
➖ haydovchilik guvohnomasi, roʼyxatdan oʼtkazganlik toʼgʼrisidagi guvohnoma, ishonchnoma, yoʼl varaqasi mavjudligi;
➖ haydovchilar mast boʼlmasa;
➖ transportlarning shikastlanishi nizoni keltirib chiqarmasa.
YTH to‘g‘risidagi xabarnoma blankasi yuklab olish uchun havola: