
Olmaotada IFIGS sug‘urta kafolatlari tizimlarining XII xalqaro forumi va Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika hamda Yaqin Sharqning
26 mamlakatidan kelgan ishtirokchilarni jamlagan KIF 2025 Qozog‘iston sug‘urta forumi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kun Jamg‘arma uchun rivojlanishning yangi bosqichini boshlab berdi: Jamg‘armaga Xalqaro IFIGS uyushmasiga a’zolik sertifikati rasman topshirildi va uning to‘laqonli a’zoligi tasdiqlandi!
"Jamg‘arma - davlatning insonga g‘amxo‘rligi ramzidir: qiyin daqiqalarda yordam uning qonuniy huquqi sifatida kelishiga har bir fuqaro ishonch hosil qilishi mumkin," - dedi Jamg‘arma direktori Yormat Mirzayev.
IFIGS a’zo mamlakatlar delegatsiyalari faol hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar hamda Jamg‘armaning xalqaro bilim va amaliy tajriba almashishni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladilar.
IFIGSga qo‘shilish jahon sug‘urta hamjamiyatiga integratsiyalashish va O‘zbekistonda zamonaviy sug‘urta himoyasi standartlarini ilgari surish yo‘lidagi qadamdir.

10.11.2026

10.11.2026

10.11.2026

10.11.2026

10.10.2026

10.10.2026

10.10.2026

10.10.2026

10.09.2026

10.09.2026